Taktil animatsiya va media-art laboratoriyasi
Taktil animatsiya va media-art kursi 9–12 yoshli bolalar hamda12–16 yoshli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan. Kursimiz teatr va animatsiyani birlashtirish g‘oyasi asosidayaratilgan. Teatrning eng katta kuchi – bu jonli muloqot, samimiyhissiyotlar va ayni lahzada sodir bo‘ladigan mo‘jizadir. Biz ana shu ruhni animatsiyada ham saqlashga intilamiz. Har bir kadrqo‘l mehnati, haqiqiy materiallar va mayda detallar bilanyaratiladi. Tabiiy teksturalar, muallif qo‘lining izi va haqiqiybuyumlarga alohida e’tibor beramiz. Shu bois yaratayotgananimatsiyalarimiz mukammal, ammo hissiz raqamli tasvirdanemas, balki jonli va samimiy ijoddan tug‘iladi. Biz bolalarga har bir kadrni xuddi teatr sahnasi kabi ko‘rishnio‘rgatamiz. Qog‘oz dekoratsiyaga, qo‘g‘irchoqlar va turlibuyumlar aktyorlarga aylanadi. Animatorning qo‘llari esahikoyaga jon bag‘ishlab, qahramonlarning fe’l-atvori vahissiyotlarini tomoshabinga yetkazadi.
Kurs davomida ishtirokchilar film yaratishning barchabosqichlarini bosib o‘tadilar – g‘oya paydo bo‘lishidan tortib, tayyor film premyerasigacha.
- Animatsiyadagi harakatning asosiy qonunlarini va klassik qo‘lanimatsiyasi usullarini o‘rganish.
- Ijodiy cheklovlar sharoitida ishlash, turli g‘oyalarni yagona vayaxlit hikoyaga birlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
- Qog‘oz va turli teksturalar bilan tajribalar o‘tkazish, shuningdek, tabiiy ekologik materiallar (qahva va choy) yordamida rang berish usullarini o‘rganish.
- Tovush (Foli effektlarini) yozish hamda loyiha uchun original ovoz muhitini yaratish.
- Montaj, rang korreksiyasi va barcha elementlarni yakuniy filmgabirlashtirish
- Soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirish va yagona multidisiplinar ijodiy loyiha ustida jamoa bo‘lib ishlash.
Intensiv kurs 16 ta amaliy mashg‘ulotdan iborat (oyiga 8 marta 2 soatdan).

DANTE RUSTAV
KURS KURATORI
WE ARE CENTRAL ASIAprodyuserlik birlashmasi hamda TIAF Xalqaro animatsionfilmlar festivali vakili.