2026-yil 31-may kuni, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniarafasida, “Teatr+” mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarihamda kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maxsusimmersiv spektakl tashkil etdi.
Teatr — bu har bir bola san’at olamiga yaqinlashishi, samimiyquvonchni his qilishi va o‘zini haqiqiy ertakning bir qismisifatida tasavvur qilishi mumkin bo‘lgan maskandir. Aynanshunday iliq va sehrli muhit “O‘yinchoqlar ustaxonasi” xayriyaspektakli davomida yaratildi.
O‘sha kuni tomoshabinlar zali bolalarning quvonchli kulgusi, samimiy tabassumi va yorqin taassurotlari bilan to‘ldi. Yoshtomoshabinlar voqealarni katta qiziqish bilan kuzatib, qahramonlar bilan birga hayajonlandi, ularningmuvaffaqiyatlaridan chin dildan quvondi va sahnada jonlangansehrli olamga zavq bilan sho‘ng‘idi.
Mazkur ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani hamda bolalargaunutilmas, mehr, quvonch va yorqin xotiralarga boy kunni tuhfaetish imkonini yaratgani uchun O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligigasamimiy minnatdorlik bildiramiz.
