Teatr+ Tashkent Flowers Fest 2026 festivalida

7-9-may kunlari poytaxtimizda bahorning eng yorqintadbirlaridan biri — Tashkent Flowers Fest 2026 festivali bo‘libo‘tdi. An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy kutubxonasimaydonida tashkil etilgan festival uch kun davomida shaharaholisi va mehmonlarini bir joyga jamladi. Mehmonlarnibetakror gul kompozitsiyalari, gala-konsertlar, folklorjamoalarining chiqishlari, hunarmandlar yarmarkasi hamdarang-barang madaniy-ko‘ngilochar dastur kutdi.

Teatr+ ham ushbu go‘zal bahor bayramining bir qismigaaylanib, festival uchun maxsus tayyorlangan sahna tomoshasininamoyish etdi. Katta sahnada gullar, kapalak va bog‘bonhaqidagi o‘ziga xos ertaknamo hikoya jonlandi. Aktyorlarningmahorati, plastika va ta’sirchan obrazlar orqali tomoshabinlarezgulik, tabiat go‘zalligi va bahor nafasi hukm surgan sehrliolamga sayohat qilishdi.

Spektakl festival mavzusiga mos ravishda yaratilgan bo‘lib, bayram dasturini yanada boyitdi. Yorqin, samimiy va hayotgato‘la sahna asari bolajonlarga ham, kattalarga ham birdekmanzur bo‘lib, barchaga iliq kayfiyat, ilhom va tabiat bilanuyg‘unlik hissini ulashdi.

Tashkent Flowers Fest 2026 festivalidagi ishtirok Teatr+ uchuntomoshabinlar bilan ochiq shahar maydonida yana bir boruchrashish va bahorning eng chiroyli madaniy tadbirlaridanbirining ajralmas qismiga aylanish imkonini berdi.

Festival tashkilotchilariga taklif uchun, barcha tomoshabinlargaesa qarsaklari, samimiy tabassumlari va qo‘llab-quvvatlaganlariuchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Yaqin kunlardaspektakllarimiz va shahar bayramlarida yana uchrashguncha!